Poliэktomiya — yo‘g‘on ichakdagi poliplarni endoskopik olib tashlash usulidir. Ushbu xizmat bir marta tekshiruvda 5 tagacha polipni olib tashlashni o‘z ichiga oladi. Jarayon kolonoskop nazorati ostida amalga oshiriladi va bemorning qulayligi uchun sedatsiya qo‘llanilishi mumkin.

Poliplarni olib tashlash ichak saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi, poliplarning tabiatini aniqlash uchun biopsiya olish imkonini beradi va asoratlarning oldini oladi. Jarayon tugagach, bemor tibbiy xodimlar nazorati ostida bo‘ladi va tiklanish hamda keyingi kuzatuv bo‘yicha tavsiyalar oladi.