Terapevt — keng soha mutaxassisi bo‘lib, turli kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanadi. Unga tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, yo‘tal, bosh og‘rig‘i, ko‘krak qafasidagi og‘riq, qon bosimining ko‘tarilishi yoki pasayishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilinadi.

Qabul davomida shifokor ko‘rik o‘tkazadi, kasallik tarixini o‘rganadi va bemorning umumiy holatini baholaydi. Zarurat bo‘lsa, tahlillar, instrumental tekshiruvlar belgilanadi yoki tor mutaxassislarga yo‘llanma beriladi. Qabul natijasida davolash, profilaktika va keyingi kuzatuv bo‘yicha tavsiyalar beriladi.